Zebiniso Xayrullayeva - “Yil ayoli” milliy tanlovi respublika bosqichi 2-o‘rin sohibi
2024-12-27 17:15:00 / Yangiliklar
Farg‘ona shahar “Tantana tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari. Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. “Tantana” restorani, “Tantana Collection”, milliy liboslar tikish korxonasi va “Tantana” milliy raqs ansamblining asoschisi.

2009-yili Germaniyaning Dyuseldorf shahrida “Fashion Fair Dusseldorf” namoyish etdi va Yevropaga milliy kiyimlarni eksport qilishni yo‘lga qo‘ydi.
2011-yilda Rossiyaning Saratov shahrida bo‘lib o‘tgan butunjahon Delfiy o‘yinlarida qatnashdi va bu ijodiy raqobatda “Xalq tanlovi mukofoti” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
Korxonaning eksport hamkorlari Isroil, Rossiya, Italiya, Ukraina davlatlarining bir qator korxonalari hisoblanadi. 2024-yil “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
2024-yil “Ayollar daftari”dagi 100 nafardan ortiq xotin-qizlarning bandligini taʼminlashga ko‘maklashilgan.
