Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zulayho Maxkamova Axborotidan
2026-02-06 18:15:00 / Yangiliklar

Xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha 416 ta taqdimnoma kiritildi, 326 tasiga taʼsir choralari koʻrildi.
Sudlarga kiritilgan 737 ta daʼvo arizalarining 683 tasiga asosan sud qarorlari qabul qilindi.
Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan 9 237 nafar shaxslar tuzatish dasturidan oʻtkazildi.
37 368 nafar xotin-qizlar profilaktik hisobdan chiqarildi. Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan 841 nafar, muqaddam sudlangan 1 832 nafar, probatsiya hisobida turgan 8 830 nafar, migratsiyadagi 270 ming nafardan ortiq xotin-qizlar va ularning oilalariga zarur yordam va xizmatlar koʻrsatildi.
“Ye-Ijtimoiy profilaktika” axborot tizimi doirasida 215 896 nafar ayollarga ijobiy yakuniy xulosalar berildi.
“Xavfsiz oila” moduli orqali oila-turmush doirasida huquqbuzarlik, tazyiq va zoʻravonlikni barvaqt oldini olish maqsadida sudlarda nizolashayotgan 70 390 ta oilalarning 68 507 tasi oʻrganildi va 39 410 ta oila barqarorlashtirildi.
25-noyabr-10-dekabr kunlari “Ayollar va qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonliklarga barham berish uchun birlashaylik” mavzusida targʻibot tadbirlari doirasida 27 300 dan ziyod targʻibot tadbirlari tashkil etildi.
