Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zulayho Maxkamova Axborotidan
2026-02-06 18:10:00 / Yangiliklar

Oliy maʼlumotga ega boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlarga ajratilgan grant kvota 2000 tadan 4000 taga yetkazildi, yaʼni ikki barobar oshirildi, besh yil ish stajiga ega, lekin oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar kontrakt kvotasi 500 tadan 2500 taga oshirildi.
2025-2026 oʻquv yilida jami 255 402 nafar xotin-qizlar oliy taʼlimga talabalikka qabul qilindi.
14099 nafariga davlat granti, 3856 nafariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilish boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berildi. Ulardan 3933 nafari davlat granti,
845 nafari toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etildi.
2025-yilda oliy taʼlim tashkilotlarini bitirgan 128 213 nafar talaba-qizlardan 116 879 nafarining bandligiga koʻmaklashildi. Jarayon davom etmoqda.
187 ming nafar xotin-qizlar “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida axborot texnologiyalari boʻyicha oʻqitildi.
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan oʻtkazib kelinayotgan “Olima ayollar” tanlovida 1 612 ta loyiha talabnomalari oʻrnatilgan tartibda ekspertiza bosqichlaridan oʻtkazilib, umumiy qiymati 127,3 mlrd. soʻm miqdoridagi 156 ta loyiha saralab olindi va moliyalashtirildi.
Bugungi kunda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotganlarning 42 foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda. Xususan, fan doktorlarining 26,5 foizi, falsafa doktori, fan nomzodlarining 40,1 foizi ayollardir.
