"Zo'ravonlikka qarshi kurashish" mavzusida davra suhbati o'tkazildi
2025-12-03 18:05:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida "Zo‘ravonlikka qarshi kurashish" mavzusida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Oila va xotin-qizlar qo'mitasi mas’ul xodimi Sabohat Babayeva ishtirok etdi.
Zo‘ravonlikning jismoniy, ruhiy, iqtisodiy va kiber kabi turlari, ularning psixologik va ijtimoiy oqibatlari haqida muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan talabalarga o‘z huquqlarini bilish, yordam so‘rash kanallaridan foydalanish va bunday holatlarda befarq bo‘lmaslik bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
