Savol-javoblar
Suv xo‘jaligi bo‘yicha aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan tez-tez beriladigan savollarga javoblar
O‘zbekistonda qanday suv xo‘jaligi inshootlaridan foydalaniladi?
Javob: Mamlakatimiz suv xo‘jaligi tizimida suv omborlari, sel suv omborlari, kanal (magistral, tumanlararo, xo‘jaliklararo), lotoklar, nasos stansiyasi (sug‘orish va meliorativ), tik quduqlar (sug‘orish va meliorativ), kollektor (magistral, tumanlararo, xo‘jaliklararo), ochiq va yopiq drenajlar, p’ezometrlar, dyuker, akveduk, gidrouzel, suv to‘suvchi inshootlar, suv taqsimlovchi inshootlar va boshqa suv xo‘jaligi inshootlaridan foydalaniladi.
Suv omborlarning turlari va vazifalari nimalardan iborat?
Javob: Suv omborlar 2 xil bo‘ladi: o‘zanda joylashgan va quyilma. Ularning vazifasi suvni rostlash, ya’ni suv ko‘p bo‘lgan vaqtda suvni yig‘ib, kerakli vaqtda yetkazib berish.
Kanal nima?
Javob: kanal o‘z oqimi bilan oqadigan to‘g‘ri shaklli sunniy o‘zanga ega bo‘lgan suv o‘tqazgich
Inshoot nima?
Javob: Suv manbalaridan foydalanish uchun suvning yemirish ta’siriga qarshi kurashish maqsadida quriladigan suv o‘tqazgich
Gidrotexnik kim?
Javob: Suvdan to‘g‘ri foydalanishga mutasaddi shaxs
Suv inshootlarining tuguni – gidrouzel –tarifi?
Javob: Daryo yoki kanalning bir yerida quriladigan bir nechta gidrotexnika inshootlar majmui
Suvni geometrik balandlikka ko‘tarish tarifi?
Javob: Geometricheskaya vыsota pod’yoma vodы – nasos yordamida suv chiqariladigan kanal boshidagi suv sathi bilan sug‘orish manbasidagi suv sathi orosidagi masofa.
Gidravlik perimetr nima?
Javob: Kanalning suv bilan ho‘llanib turuvchi ko‘ndalang kesim yuzasining perimetri
Bosh inshoot – golovnoe soorujenie – nima?
Javob: Magistral kanal boshida qurilgan, manbadan olinadigan suvni sozlab turadigan gidrotexnik inshoot
Sug‘orish gidromoduli?
Javob: Biror bir ekinni o‘suv davrida 1 gektar yerga beriladigan suv miqdori
q = M/(86,4 · T) l/s ga
Suv berish gidromoduli?
Javob: Biror bir ekinni bir marta sug‘orish uchun 1 gektarga beriladigan solishtirma suv miqdori qc = M/(86,4 · t) l/s ga
Kelitirilgan gidromodul?
Javob: Keltirilgan gektarga bir marta sug‘orish uchun beriladigan solishtirma suv miqdori qpr = (L · M)/(86,4 · t) l/s ga L – protsent
Meliorativ xarita nima?
Javob: Meliorativnaya karta – sug‘oriladigan maydonning meliorativ xolatini tavsiflovchi ma’lumotlar tasvirlangan xarita
Suvning loyqaligi qanday o‘lchanadi?
Javob: 1 m3 suvdagi loyqaning og‘irligi protsent bilan o‘lchanadi.
Nasos nima?
Javob: Tashqi kuch yordami bilan xarakatga keltiruvchi va suyuqlikni bir joydan ikkinchi joyga qo‘chirish uchun xizmat qiladigan mashina
Nasos stansiya nima?
Javob: Suyuqliklarni bosim ostida haydaydigan inshoot, mashina va qurilma majmuasi
Sug‘orish normasi nima?
Javob:1 ga ekin maydoniga sug‘orish mavsumida beriladigan suv miqdori – m3/ga
To‘gon – plotina – sunniy yoki tabiiy suv yo‘llarini to‘sish uchun turli materiallardan quriladigan gidrotexnik inshoot Gidromodul va uning birligi nima?
Javob: Gidromodul – 1 gektar ekin maydonini sug‘orish uchun bir sekundda sarflanadigan suv sarfidir, birligi – l/sek/ga.
Drenaj moduli nima?
Javob: 1 sekundda 1 ga maydondan chiqib ketgan suv miqdoriga aytiladi.
Sug‘orish me’yori (orositelnaya norma) nima?
Javob: O‘simlikning o‘sib-rivojlanishi uchun usimlikning vegetativ davrida sug‘orish uchun sarflanadigan suv miqdori tushiniladi. Masalan: Namangan viloyati sharoitida paxta uchun – 5500 kub metr/gektar, g‘alla uchun -3300 kub metr/gektar, sabzavot uchun – 11000 kub metr/gektar, sholi uchun – 22000 kub metr/gektar.
Sug‘orishda suvni tejaydigan texnologiyalarning qaysi turlari mavjud?
Javob: Tomchilatib, yomg‘irlatib, yer ostidan, subirrigatsiya, plyonka to‘shab sug‘orish va ko‘chma egiluvchan quvurlar orqali.
Kanalning foydali ish koeffitsenti (FIK) nima va u qanday topiladi?
Javob: Kanalning boshidagi suv sarfini kanalning oxiridagi suv sarfiga nisbati orqali topiladi.
Masalan: Kanal boshidan 100 kub metr/sek suv ochilgan, shu ochilgan suv kanalning oxiriga 75 kub metr /sek bo‘lib yetib bordi. Demak, 75/100 = 0,75 kanalning foydali ish koeffitsenti 0,75 ga teng ekan.
Sug‘orish tizimining foydali ish koeffitsienti (FIK) qanday topiladi?
Javob: Sug‘orish tizimining FIK kanallarning FIKlari ko‘paytmasiga teng.
Misol uchun: xo‘jalik ichki arig‘i FIK – 0,9, xo‘jaliklararo kanal FIK – 0,85, magistral kanal FIK – 0,85 bo‘lsa 0,9 x 0,85 x 0,85 = 0,65 bo‘ladi.
Suvning tezligini o‘lchashning qanday usullari mavjud?
Javob: Gidrometrik vertushka yordamida, po‘kak yordamida va boshq.
Suv sarfini o‘lchash inshootlarining qanday turlari mavjud?
Javob: “Chipoletti”, “Tompson”, ISMITI suv o‘lchash ostonasi va suv o‘lchash novi, quvurli, o‘zgarmas o‘zan va boshqalar.
“Chippoletti” suv o‘tkazgichining ko‘ndalang kesim yuzasi qanday shaklda?
Javob: Trapesiya.
“Tomson” suv o‘tkazgichining ko‘ndalang kesim yuzasi qanday shaklda?
Javob: Uchburchak.
Gidrotexnika inshooti nima?
Javob: Gidrotexnika inshootlari – suv to‘plovchi, suv o‘tkazuvchi, suv sathini ko‘taruvchi, suv to‘suvchi, suv oqimini boshqaruvchi va bo‘luvchi inshootlar majmuidir.
