E'lon qilinishi mumkin bo'lmagan ma'lumotlar ro'yxati
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan e’lon qilinishi mumkin bo‘lmagan axborotlar Ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi faoliyati to‘g‘risidagi foydalanilishi cheklab qo‘yilgan qo‘yidagi axborot va ma’lumotlar axborotdan foydalanuvchilarga taqdim etilmaydi:
inspeksiyaning faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga kirmaydigan huquqiy-normativ hujjatlar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, shuningdek, yig‘ilish bayonlarining alohida bandlarida belgilangan “maxfiy” va “xizmat doirasida foydalanish uchun” (XDFU) belgisi qo‘yilgan hujjatlardagi ma’lumotlar;
“maxfiy” va “xizmat doirasida foydalanish uchun” (XDFU) belgisi qo‘yilgan hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlar;
ichki yozishmalar;
inspeksiya markaziy apparati va tizim tashkilotlari rahbar va mutaxassislari, ishchi-xizmatchilarning shaxsiga oid ma’lumotlar;
davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar;
davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura, sud, ichki ishlar, shuningdek, nazorat qiluvchi organlar axborotnomalarida keltirilgan boshqa ma’lumotlar.
