SUVDAN NOQONUNIY FOYDALANAYOTGANLARGA TEGISHLI CHORALAR KO‘RILDI.
2025-09-25 14:30:00 / Yangiliklar

2025 yilning o‘tgan davrida Inspeksiyasining Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 455 ta holatda noqonuniy suv olish joylari aniqlangan.
Birgina misol, o‘tkazilgan nazorat tadbirlari jarayonida Navbahor tumanidan oqib o'tuvchi Karmana-Konimex irrigatsiya tizim boshqarmasi tasarrufidagi “Konimex” kanalida suv va suvdan foydalanish bo‘yicha noqonuniy holatlar aniqlandi.
Unda “Konimex” kanalida iste'molchilar tomonidan kanal qirg‘og‘ining ikki joyidan nasos agregatini o‘rnatish va beshta joyidan noqonuniy quvurlar o‘tkazib olganlik holatlari aniqlanib, o‘zboshimchalik bilan suvdan foydalanayotgan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan vakolat doirasida belgilangan tartibda choralar ko‘rilib jarima jazosi tayinlanib noqonuniy o‘zboshimchalik bilan ulanib olingan quvurlar kanaldan olib tashlandi – deydi “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi Navoiy viloyati boshqarmasi bo'lim boshlig'i Shohrux Tursunov.
Shu bilan birga, birinchi marta suvdan o‘zboshimchalik bilan foydalangan jismoniy va yuridik shaxslarga ushbu holatlar takror sodir etilsa, ayibdorlarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirishlar berildi.
Bundan tashqari, boshqarma boshlig’i suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash bo‘yicha mutaxassislarga yuklatilgan nazorat funksiyalarini bajarishda hamda aniqlangan tartibbuzarlik holatlari bo‘yicha ta’sir choralarini qo‘llash yuzasidan tushuntirish ishlari olib bordi.
Shuningdek, ta’sir choralar qo‘llash bilan tartibbuzarliklarga to‘liq barham berib bo‘lmasligi, suvning qadri haqida targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidladi.
Joylarda reyd tadbirlari davom etmoqda.

