OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 34 YILLIGI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI
2025-08-29 14:10:00 / Yangiliklar

Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi eʼlon qilinganining 34 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
1991-yil 1-sentabr sanasi xalqimiz tarixida buyuk burilish yasagan, erkinlik va ozodlik sari dadil qadam qoʻyilgan, milliy davlatimiz poydevori qoʻyilgan unutilmas sana boʻlib, bu muqaddas kun bugun ham har bir yurtdoshimiz qalbida gʻurur va iftixor uygʻotadi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz barcha sohalarda yuksak taraqqiyot bosqichiga koʻtarildi. Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlikni saqlab qolish va mustahkamlash yoʻlida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi. Bu ulugʻ neʼmatlarni asrab-avaylash, Vatanimiz ravnaqi yoʻlida fidokorona mehnat qilish barchamizning muqaddas burchimizdir.
Ushbu qutlugʻ sana munosabati bilan barchangizga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik va faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz. Keling, Vatanimiz taraqqiyoti yoʻlida kuch-gʻayrat va bilimimizni ayamagan holda, el-yurt manfaatlari yoʻlida birgalikda xizmat qilishda davom etaylik!
Yurtimizda davom etayotgan taraqqiyot, yangilanish va islohotlar yoʻli bardavom boʻlsin! Oʻzbekistonimiz doimo tinch, obod va farovon boʻlsin!
Mustaqilligimiz abadiy, osmonimiz musaffo, bayrogʻimiz doimo baland boʻlsin!
Hurmat bilan,
“Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi boshlig‘i
Raximov Rustam Botirovich
