INSPEKSIYADA “OMMAVIY DIKTANT” TANLOVI O‘TKAZILADI
2026-10-15 14:00:00 / E'lonlar

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan joriy yilning 19-oktabr kuni soat 08:30 da Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy boshqarmalari xodimlari o‘rtasida “Ommaviy diktant” tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — davlat tiliga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada yuksaltirish, xodimlarning yozma savodxonligini oshirish, imlo qoidalariga rioya etish ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda o‘zbek tilining nufuzini targ‘ib etishdan iborat.
Mazkur tanlovda Inspeksiya va uning hududiy boshqarmalarida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar, yoshidan qat’i nazar, ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar Inspeksiya tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
Barcha xodimlarni ona tilimizga bo‘lgan yuksak hurmatini namoyon etish, savodxonlik darajasini sinovdan o‘tkazish va tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Ona tilimizga hurmat — millatga hurmat!
Savodxonlik — yuksak madaniyat va kasbiy mahorat belgisi!
