Yoshlar — soha rivojining muhim tayanchi!
2026-09-24 14:00:00 / Yoshlar siyosati

“Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi boshlig‘i Rustam Raximov yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.
Muloqot davomida suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, suvni tejash madaniyatini yuksaltirish hamda sohada zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Suhbat davomida yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Ayniqsa, suv xo‘jaligi tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish, sohaga yosh va bilimli mutaxassislarni jalb etish hamda ularning kasbiy salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqotda ta’kidlanganidek, bugungi kunda suv resurslarini asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalanish va suv xo‘jaligi tizimini yanada takomillashtirishda yoshlarning bilim va tashabbuslari muhim ahamiyat kasb etadi.
Yoshlar bilan bunday ochiq muloqotlar ularning takliflarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarga birgalikda yechim topish hamda suv xo‘jaligi sohasining kelajakdagi rivojiga munosib hissa qo‘shadigan yangi avlod mutaxassislarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Yoshlar — yangi g‘oyalar, yangi tashabbuslar va yangi imkoniyatlar manbai!


