MIRZAOBODDA SUV XO‘JALIGI MASALALARI BO‘YICHA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
2026-07-22 10:00:00 / Yangiliklar

Mirzaobod tumani hokimligida Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish respublika inspeksiyasi boshlig‘i R.Raximov boshchiligida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Unda inspeksiya va suv xo‘jaligi tizimi mas’ullari, tuman hokimligi mutasaddilari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etib, qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish, sug‘orish tizimidagi mavjud muammolar hamda fermerlarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
Qabul davomida fermerlar tomonidan bildirilgan murojaatlar batafsil ko‘rib chiqildi. Ko‘plab masalalar joyida ijobiy hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar va ijro muddatlari belgilandi.
Bunday sayyor qabullar suv xo‘jaligi tizimidagi muammolarni tezkor bartaraf etish, suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash hamda fermerlar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.







