“SUVXO‘JALIKNAZORAT” INSPEKSIYASIDA “MA’NAVIYAT SOATI” O‘TKAZILDI.
2026-07-09 10:00:00 / Majlislar

“Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi kasaba uyushmasi tomonidan xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida navbatdagi “Ma’naviyat soati” tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ–9-son “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Qarorda belgilangan ustuvor vazifalar, jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaani keng targ‘ib etish hamda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish borasidagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Shuningdek, “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va mutolaaning ahamiyati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi. Unda kitob mutolaasining insonning intellektual salohiyati, keng dunyoqar dunyoqarashi, yuksak ma’naviy fazilatlari va kasbiy mahoratini rivojlantirishdagi beqiyos o‘rni alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida xodimlar o‘zaro fikr almashib, kitobxonlikni keng targ‘ib etish, muntazam mutolaa qilish va kitobga mehr uyg‘otish borasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash zarurligini qayd etdilar.
Ma’naviyat va ma’rifat sari tashlangan har bir qadam — taraqqiyot va yuksalishning mustahkam poydevoridir.
