“SPORT BILAN BAXT VA FAROVONLIK SARI!”
2026-06-15 09:00:00 / Yangiliklar

Mazkur sport bayrami doirasida ommaviy ertalabki badantarbiya mashqlari hamda “Besh ming qadam” yurish marafoni tashkil etildi. “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasining sportsevar xotin-qizlari ham ushbu marafonda faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollikni targ‘ib etishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Sport bilan muntazam shug‘ullanish ayollarning salomatligini mustahkamlaydi, kayfiyatini ko‘taradi, jismoniy faolligini oshiradi hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantiradi. Shuningdek, sport ayollarga o‘ziga bo‘lgan ishonchni kuchaytirish, hayotiy energiyani oshirish va go‘zallikni saqlashga yordam beradi.
Bugungi kunda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, sport to‘garaklari va sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom va baxtli hayot kechirishlariga xizmat qilmoqda.
Bunday tadbirlar xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, faol hayot tarzini ommalashtirish hamda jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.




