HAR BIR MUROJAAT NAZORATDA!
2026-05-25 10:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i R.Raximov Oqdaryo tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.
Unda viloyatdagi suv xo‘jaligi tizimi tashkilotlari rahbarlari, suv iste’molchilari hamda aholi vakillari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida R.Raximov mamlakatimizda suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa suv resurslaridan oqilona va tejamkorlik asosida foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng fuqarolar va jismoniy shaxslarning murojaatlari tinglandi. Qabul jarayonida ishtirokchilar tomonidan suv ta’minoti, irrigatsiya tarmoqlari holati, nasos stansiyalari faoliyati hamda sohadagi ayrim tashkiliy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Sayyor qabul davomida jami 13 ta murojaat qabul qilinib, ularning 5 tasi bo‘yicha huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Qolgan 8 ta murojaat ijrosini ta’minlash uchun mas’ullarga biriktirilib, aniq muddatlar belgilab olindi.








