“SUVXO‘JALIKNAZORAT” INSPEKSIYASI RAHBARIYATI YoSHLAR BILAN MULOQOT O‘TKAZDI
2026-05-21 14:00:00 / Yoshlar siyosati

Muloqot davomida mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, zamonaviy talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash hamda suv xo‘jaligi tizimida yosh mutaxassislarning faol ishtirokini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbirda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, suv resurslaridan samarali foydalanish, raqamlashtirish jarayonlari va tarmoqqa innovatsion yondashuvlarni joriy etishda yosh kadrlarning o‘rni alohida ta’kidlandi. Shuningdek, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy va amaliy izlanishlariga keng imkoniyat yaratish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekani qayd etildi.
Uchrashuv doirasida suv xo‘jaligi sohasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarini tamomlab, ayni paytda tizim tashkilotlarida mehnat faoliyatini boshlagan bir qator yosh mutaxassislar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Ular o‘zlarining ish faoliyati, amaliy tajribasi, sohada duch kelayotgan muammolar hamda taklif va tashabbuslari haqida fikr bildirdi.
Mutasaddilar tomonidan yoshlarning takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, kasbiy mahoratini yanada oshirish va kelgusida tizimda munosib o‘rin egallashi uchun zarur ko‘mak ko‘rsatilishi ta’kidlandi.
Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari T.Madireymov ham ishtirok etdi.


