SUV XO‘JALIGI OBYEKTLARIDA XAVFSIZLIK TALABLARINI KUCHAYTIRILMOQDA.
2026-04-24 14:00:00 / Yangiliklar

Ishtixon tumani hududida joylashgan, Zarafshon magistral tizimi boshqarmasiga qarashli “Oqdaryo” suv omborida suv omborlari va yirik suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsiz ishlashini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda sel-toshqinlarga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirish, suv xo‘jaligi obyektlari hujjatlarini rasmiylashtirish, shuningdek, bino-inshootlar atrofidagi yer maydonlaridan samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan mavjud obyektlarning texnik holatini yaxshilash, xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish hamda profilaktik choralarni o‘z vaqtida amalga oshirish, bahor mavsumida suv ombor to‘g‘on qismida mavjud kemiruvchi va boshqa to‘g‘onga ta’sir qiluvchi zararkunandalarga qarshi kurashish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.






