RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
2026-04-23 15:00:00 / Yoshlar siyosati

Mazkur uchrashuvda “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Zafar Irisboyev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi mas’ullari ishtirok etdi.
Mazkur maktab Nukus tumani markazi hisoblangan Oqmang‘it ShFY, Oqmang‘it guzari ko‘chasida joylashgan bo‘lib, hozirgi kunda maktabda jami 1200 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.
Shuningdek, suhbat boshida o‘quvchilarning yo‘l harakati qoidalarini qay darajada bilishlarini aniqlash maqsadida Inspeksiya o‘rinbosari Z.Irisboyev bolalarga turli qiziqarli savollar bilan murojaat qildilar. Shu bilan birga uchrashuvda maktab o‘quvchilari bilan yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari yuzasidan batafsil suhbat olib bordi. So‘nggi yillardagi piyodalar ishtirokidagi avtotransport halokat holatlari statistikasi bilan tanishtirildi. Uchrashuv davomida bolalarga:
• ko‘chada va yo‘lda yurish qoidalari,
• transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik choralari,
• svetofor va piyodalar o‘tish joylaridagi odob-axloq qoidalari,
kabi masalalar to‘g‘risida tushunchalar berildi.
“Har kuni maktabga ketish, do‘stlar bilan uchrashish, to‘garakka borish – bularning barchasi yo‘l bilan bog‘liq. Yo‘l harakati qoidalari – bu shartli to‘siq emas, balki hayotni saqlashning oddiy va ishonchli yo‘lidir.
Bitta chapga qaramaslik, bitta sekinlik, bitta hayoti vaziyat – bular sog‘liq, baxt va kelajakni belgilaydi. Shunga ko‘ra, bu qoidalarni bilish faqat majburiyat emas, balki o‘zingga bo‘lgan hurmatdir”.
Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda dolzarb masalalarga yechim topish yuzasidan fikr almashildi.
O‘quvchilar uchrashuvdan mamnun bo‘lib, ularning savollariga ravshan va tushunarli javoblar berildi. Maktab ma’muriyati bunday ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarning yo‘lda xavfsiz yurish madaniyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.







