SLOVAKIYA RESPUBLIKASI DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV.
2026-04-10 10:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuv avvalida Slovakiya vakillari tomonidan Davlat rahbarining sohaga berilayotgan e’tibor sabab, suv xo‘jaligida olib borilayotgan keng qamrovli islohatlar o‘z samarasini berayotganligi ta’kidlab o‘tildi.
Shu bilan birga, Slovakiya va O‘zbekiston davlatlari o‘rtasida keng ko‘lamda hamkorlik rishtalari o‘rnatilganligi, bu borada bir qator amaliy ishlar olib borilayotganligini ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida delegatsiya vakillari tomonidan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan respublikamizdagi mavjud suv omborlarida joriy qilingan boshqaruvni avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan monitoring ishlari yuzasidan qiziqishlar bildirilib, bu boradagi ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
O‘z navbatida, kelgusida respublikamizdagi suv omborlarining xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarda xabar berish tizimi hamda havzalarini loyqa bilan to‘lishini oldini olish sohasida Slovakiya davlatining ilg‘or tajribasini o‘rganish orqali yurtimizdagi gidrotexnika inshootlari xavfsizligini ta’minlashning yangi uslublarini amaliyotga tadbiq etish va soha mutaxassislarining tajribasini oshirish hamda suv xo‘jaligiga grand mablag‘larni jalb qilish fikr mulohazalar bildirildi.
Bundan tashqari, delegatsiya vakillari Inspeksiya huzuridagi “Gidrotexnika inshootlari diagnostikasi markazi” DM tomonidan respublikadagi gidrotexnika inshootalrida olib borilayotgan diagnostika ishlari bilan tanishtirildi.
Shuningdek, hamkorlik doirasida sohadagi kadrlarni malakasini oshirish va tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish maqsadida seminar va treninglar o‘tkazish, xorij tajribalarini o‘rganish uchun xizmat safarlarini tashkil etish hamda amaliyotda foydalanish uchun zamonaviy asbob-uskunalar xarid qilish yuzasidan takliflar bildirildi.
Uchrashuv yakunida, Slovakiya davlati bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va gidrotexnika inshootlari xavfsizligini ta’minlash hamda suv resurslarini boshqarish sohasidagi tajribalarni keng miqyosda tatbiq etishni davom ettirish bo‘yicha kelishib olindi.





