“SUVXO‘JALIKNAZORAT” INSPEKSIYASINING ASOSIY FUNKSIYALARI RAQAMLASHTIRILDI.
2026-01-19 09:00:00 / Yangiliklar

“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi (suvnazorat.uz) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-184-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Mazkur elektron tizimni yaratishdan asosiy maqsad - Respublikadagi suv xo‘jaligi sohasidagi qonunbuzilishi xavf darajasini aniqlash, shuningdek, suvning har kungi hisobga olish jurnallarini elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish hamda jismoniy shaxslarning suvdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aks ettirilgan fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqishdan iborat.
Mazkur elektron tizim, Kadastr agentligining Uzkad AT, Davlat Soliq qo‘mitasining soliq.uz AT, Suv xo‘jaligi vazirligining suvhisobi.uz, nasos.mwr.uz ATlariga, Biznes-Ombudsmanning tt.govcontrol.uz AT, Ichki ishlar vazirligining E-ma’muriy ish AT va “Manzilli ro‘yxat” ma’lumotlar bazasi hamda Adliya vazirligining Jismoniy shaxslarning personallashtirish markazi axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan.
suvnazorat.uz elektron tizimi “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi hamda “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator “UZINFOCOM” MCHJ tomonidan ishga tushirildi.
