O‘TA MUHIM GIDROTEXNIKA INSHOOTLARINING XAVFSIZLIK DEKLARATSIYALARI EKSPERTLAR KENGASHIDA KO‘RIB CHIQILDI.
2025-12-05 09:40:00 / Majlislar

Shunga ko‘ra, joriy yilning dekabr oyida “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi Ekspertlar kengashi yig‘ilishida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Suenli” kanali, Jizzax viloyatidagi “Arnasoy-1” nasos stansiyasi, Qashqadaryo viloyatidagi “Xisorak”, “Qalqama” suv omborlari, “Qarshi” magistral kanali, “Xisorak” GES, Namangan viloyatidagi “Teshiktosh”, “Nanay”, “G‘ovasoy” gidrouzellari, Samarqand viloyatidagi “Tusunsoy” suv ombori, “Darg‘om” kanali, Surxondaryo viloyatidagi “To‘polang” suv ombori, “Xazarbog‘” kanali, “To‘polang” GES, Toshkent viloyatidagi “Chirchiq” va “Quyi-Bo‘zsuv” GESlar kaskadi, Xorazm viloyatidagi “Polvon” kanalining xavfsizlik deklaratsiyalari hamda “Oxangaron” suv omborining xavfsizlik mezoni ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.
Bundan tashqari, Ekspertlar kengashi aʼzolari bilan gidrotexnika inshootlari xavfsizligi bo‘yicha 2026-yilda idoralararo samarali hamkorlikni taʼminlash, gidrotexnika inshootlari xavfsizligi va ishonchli ishlashi boʼyicha ustivor masalarni ko‘rib chiqish hamda gidrotexnika inshootlari xavfsizlik deklaratsiyalarini ekspertizadan o‘tkazishda berilayotgan xulosalar muhimligi kelishib olindi.



