KORRUPSIYASIZ KELAJAK — FAROVON HAYOT GAROVI.
2025-11-24 10:55:00 / Korrupsiyaga qarshi amalga oshirilayotgan ishlar

O‘z navbatida, “Suvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi boshligʻi R.Raximov tomonidan joriy yilning 24-noyabr kunida “Inspeksiya xodimlarining korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirishga qaratilgan uchrashuvlar reja-grafigi” tasdiqlangan.
Tasdiqlangan reja-grafikka asosan, Inspeksiya xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.
Ushbu reja-grafikka asosan bugun, yaʻni 24-noyabr kuni Inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyat boshqarmalarida “Korrupsiyaviy jinoyatlar va ularning turlari” mavzusida boshqarma xodimlari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
Ushbu uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid bilim va koʻnikmalarini yana bir bor mustahkamlash, pravardida esa Inspeksiyani korrupsiyadan xoli sohaga aylantirishdan iborat.
Ushbu uchrashuvda Inspeksiya korrusiyaga qarshi komplayens masʻul xodimi A. Raximov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi sho‘ba bosh maslahatchisi M.Xojaxmetova, Xorazm viloyat prokuraturasi boʻlim prokurori J.Mahmudov va boshqa masʻullar ishtiroki taʻminlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurash — bu bir kunlik tadbir emas, balki uzluksiz, tizimli faoliyatdir. Davlat organlari, fuqarolik jamiyati, OAV, har bir fuqaro bu jarayonda o‘z ulushiga ega. Faqat umumiy sa’y-harakatlar orqali korrupsiyasiz, adolatli, taraqqiy etuvchi jamiyatni barpo etish mumkin.





