🚗 Avtomobilingizning ishdan chiqishini istamasangiz…
2025-10-28 15:35:00 / Yangiliklar

⚙️Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Jizzax viloyati bo‘limi mutaxassislari tomonidan Jizzax shahrida sotilayotgan “Lux” savdo belgili universal motor moyi mahsulotidan nazorat xaridi o‘tkazildi.
🔬Sinovlar akkreditatsiyalangan laboratoriyada amalga oshirilib, natijalar mahsulot texnik reglament talablariga javob bermasligini ko‘rsatdi.
🛢Sifatsiz motor moyi avtomobil dvigateliga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatadi — natijada ortiqcha ishqalanish, dvigatelning qizib ketishi va ichki detallarning erta ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.
⚠️ Shu bois iste’molchilarga motor moyi xaridida ehtiyotkorlik bilan yondashish, mahsulotning yorlig‘i, ishlab chiqaruvchi mamlakati, texnik ko‘rsatkichlari va sertifikatlanganligiga e’tibor berish tavsiya etiladi.
📞 Hurmatli iste’molchilar! Agar savdo tarmog‘ida sifatsiz mahsulotga duch kelsangiz, 1880 qisqa raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.
