Toshkent viloyatida sifatsiz antifriz mahsulotlari aniqlanib, tegishli chora ko‘rildi
2025-10-27 16:25:00 / Yangiliklar

🚗 Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Toshkent viloyati bo‘limi mutaxassislari tomonidan Chirchiq shahrida sotilayotgan Blue AG11 “Lux” va “MN” Antifreeze savdo belgili mahsulotlardan nazorat xaridi o‘tkazildi.
🧪 Sinovlar akkreditatsiyalangan laboratoriyada amalga oshirilib, olingan natijalar mahsulotlarning texnik reglament talablariga mos emasligini ko‘rsatdi.
🤑 Mutaxassislar ta’kidlashicha, sifatsiz antifriz issiqlikni to‘liq o‘tkazmaydi. Bu esa dvigatelning haddan tashqari qizishiga, radiator, nasos, trubkalar va blokdagi yo‘llarda zang va nosozliklar paydo bo‘lishiga olib keladi.
🧰 Shu sababli iste’molchilarga antifriz xarid qilishda mahsulotning yorlig‘i, ishlab chiqaruvchi mamlakati, texnik ko‘rsatkichlari va sertifikatlanganligiga e’tibor berish tavsiya etiladi.
📞 Hurmatli iste’molchilar! Agar savdo tarmog‘ida sifatsiz mahsulotga duch kelsangiz, 1880 qisqa raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.
