Yoshlar – kelajagimiz
2022-01-23 10:30:00 / Tanlovlar va tenderlar

Ma’lumki, O‘zbekistonda 30 iyun — Yoshlar kuni nishonlanadi. 2017-yil 30-iyun kuni «Kamolot» Yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida nutq so‘zlagan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu sanani mamlakatda Yoshlar kuni sifatida nishonlash tashabbusini ilgari surgan edi. 26-avgustda esa «O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to‘g‘risida"gi qonun matbuotda e’lon qilindi va kuchga kirdi.
Mazkur sana tobora yaqinlashishi munosabati bilan bu kuni ko‘plab tadbirlar, konsertlar, sport musobaqalari, tanlovlar, uchrashuvlarni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Davlat nazorati departamenti tomonidan o‘tkazilgan yoshlar bilan uchrashuvda bir qator ma’naviy-ma’rifiy masalalar bilan birga Yoshlar kunini munosib nishonlash bo‘yicha qilinadigan ishlar muhokama qilindi.


