Farg‘onada tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga qarshi seminar tashkil etildi
2025-10-13 14:35:00 / Tashkilotning boʼlajak va oʼtkazilgan ommaviy tadbirlari

📍Farg‘ona viloyatida tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasini oldini olish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — sohada noqonuniy muomalaga qarshi kurashishda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikni kuchaytirish, zarur chora-tadbirlarni muhokama qilish hamda birgalikdagi ish yo‘nalishlarini belgilab olishdan iborat bo‘ldi.
💸 Seminarda Davlat bojxona qo‘mitasi, Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Ichki ishlar boshqarmalari, “Tamakisoz” uyushmasi, shuningdek, tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari ishtirok etishdi.
🦠 Tadbir davomida Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Farg‘ona viloyati bo‘lim boshlig‘i D. Alimdjanov quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratdi:
— 290-sonli texnik reglament talablari,
— mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi,
— noqonuniy va soxta mahsulotlarni aniqlash usullari,
— profilaktik va nazorat choralari.
📰 Seminar yakunida tamaki mahsulotlarining qonuniy muomalada bo‘lishini ta’minlash, texnik reglamentlarga rioya etilishini nazorat qilish, ssohada ochiqlik va mas’uliyatni oshirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar belgilandi.
🖇 Shuningdek, ishtirokchilar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, aholining sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi noqonuniy mahsulotlarga qarshi kurashish borasida takliflar bildirishdi. Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javob berildi.

