Bozor nazorati davom etmoqda
2026-05-14 10:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Xorazm viloyati bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan 2026-yil 14-may kuni Urganch tumanida joylashgan “ERA” nomli savdo do‘konida nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Unda Xitoy davlatining JIANGSU HUBIAN TRANSFORMER CO., LTD kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 40 kVA quvvatli transformator mahsulotining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida nazorat xaridi amalga oshirildi.
Nazorat tadbiri davomida mahsulotning amaldagi texnik talablar va standartlarga muvofiqligi o‘rganilmoqda.
