Hududlarda nazorat xaridlari amalga oshirilmoqda
2026-05-05 15:25:00 / Yangiliklar
Inspeksiyaning Jizzax viloyati bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Hobby” savdo belgisi ostida 400 ml.dan PET idishlarga qadoqlangan gilitsirinli suyuq sovun mahsuloti bo‘yicha nazorat xaridi o‘tkazish rejalashtirildi.
Inspeksiyaning Buxoro viloyati bo‘limi mutaxassislari tomonidan“Grass” savdo belgisi ostidagi azelit antijir, “TOMIKO” savdo belgisi ostidagi bolalar uchun nam salfetka va “Parliament Manhattan Bronze” savdo belgisi ostidagi filtrli sigaret mahsulotlar bo‘yicha nazorat xaridi o‘tkazish rejalashtirildi.
Inspeksiyaning Namangan viloyati bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Renqiu Zhanxiao” savdo belgisi ostidagi shina (Шины пневматические) mahsuloti bo‘yicha nazorat xaridi o‘tkazish rejalashtirildi.
Inspeksiyaning Toshkent viloyati bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Infinite Love” savdo belgisi ostidagi parfumeriya va kosmetika vositalari turkumiga kiruvchi atir mahsuloti bo‘yicha nazorat xaridi o‘tkazish rejalashtirildi.
Inspeksiyaning Xorazm viloyati bo‘limi mutaxassislari tomonidan “ILONA” nomli yuvish vositasi, “Kesh King” nomli soch uchun shampun va “Kopumplus Perfume Detergent Capsule-Sakura Cherry Blossome & Floral” nomli kapsulali yuvish mahsulotlari bo‘yicha nazorat xaridi o‘tkazish rejalashtirildi.

