Nazorat xaridlari amalga oshirilmoqda
2026-04-17 14:00:00 / Yangiliklar

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Xorazm viloyati bo‘limi mutaxassislari tomonidan Urganch shahridagi savdo do‘konlaridan Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan “Superlight Clay” nomli bolalar uchun o‘yinchoq (Plastilin) mahsuloti bo‘yicha nazorat xaridi o‘tkazildi.
Natijada o‘tkazilgan sinovlarga ko‘ra “Superlight Clay” nomli bolalar uchun o‘yinchoq (Plastilin) mahsuloti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyuldagi 451-son bilan tasdiqlangan “Bolalar oʻyinchoqlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi texnik reglamentining 11-bandi 2-ilavasida (СанПиН № 0354-18) belgilangan “Formaldegid” ko‘rsatkichi talabi bo‘yicha nomuvofiqligi aniqlandi.
Mazkur holatda O‘zbekiston Respublikasi “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari buzilishiga olib kelmoqda.
Yuqoridagi qonun buzilish xolatlarini bartaraf etish bo‘yicha savdo do‘konga “Superlight Clay” nomli bolalar uchun o‘yinchoq (Plastilin) mahsulotini savdodan chiqarib olish to‘g’risida Taqdimnoma kiritildi.

