Navoiydagi savdo nuqtalarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi
2026-04-02 16:15:00 / Yangiliklar

✅ Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi nazorat inspeksiyasining Navoiy viloyati bo‘limi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan savdo nuqtalarida nazorat xaridlari amalga oshirildi.
📌 Nazorat tadbiri doirasida Navoiy viloyati, Navoiy shahar markaziy dehqon bozori hududidagi savdo shahobchasida “Princess Toys” savdo belgisi ostidagi bolalar qo‘g‘irchog‘i o‘yinchoqlar to‘plami hamda “Let’s play together Babies Voice Doll playset” mahsulotlari tekshiruvdan o‘tkazildi.
💻 O‘tkazilgan tahlillar natijasida mazkur mahsulotlar belgilangan standart talablariga javob bermasligi aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklar:
• Mahsulot qadoqlanishida amaldagi standart talablari buzilgan, xususan ishlab chiqaruvchi nomi, manzili, aloqa ma’lumotlari, shuningdek foydalanish va xavfsizlik talablari hamda ogohlantiruvchi yozuvlar davlat tilida ko‘rsatilmagan;
• Laboratoriya sinovlari natijasida, “Princess Toys” mahsulotida o‘tkir qirralar mavjudligi aniqlanib, bu holat bolalar uchun jarohat olish xavfini keltirib chiqarishi qayd etildi.
📔 Aniqlangan holatlar yuzasidan savdo do‘koniga ogohlantirish xati berilib, mazkur mahsulotlarni savdodan chiqarish bo‘yicha taqdimnoma kiritildi.
⚠️ Eslatma: Fuqarolardan bolalar o‘yinchoqlarini xarid qilishda mahsulotning sertifikatlanganligi, shuningdek xavfsizlik talablariga muvofiqligiga alohida e’tibor qaratish so‘raladi.
🟧 Mazkur tartib iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘ini ishonchli himoya qilishga, shuningdek, bozorda xavfsiz va sifatli mahsulotlar ulushini oshirishga xizmat qiladi.

