Inspeksiya xodimlari uchun “Kitobxonlik soati” o‘tkazildi
2026-03-27 14:55:00 / Yangiliklar
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasida xodimlar uchun “Kitobxonlik soati” tashkil etildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan PQ-9-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazildi.
Unda xodimlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini oshirish, kitob o‘qishga qiziqishni kuchaytirish hamda bu boradagi samarali yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, tadbir davomida milliy va xorijiy adabiyotlar muhokama qilinib, mutolaaning shaxsiy va kasbiy rivojlanishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.




