Xorazmga madaniy sayohat tashkil etildi
2026-03-31 17:00:00 / Yangiliklar
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi xodimlari uchun Xorazm viloyatiga madaniy sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida ishtirokchilar viloyatning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishib, muqaddas qadamjolarni ziyorat qildilar.
Jumladan, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Ichan-qal’a majmuasi, Tuproq-qal’a, Qalajiq-qal’a, Sulaymon-qal’a, Ulli hovli majmuasi hamda Islomxo‘ja minorasi va madrasasi ko‘zdan kechirildi.
Mazkur ma’naviy tadbir xodimlarga yuqori kayfiyat va yangi ilhom bag‘ishladi. Shuningdek, ularning kasbiy faoliyatga bo‘lgan munosabatini yanada mustahkamlash, xizmatga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini oshirishga xizmat qilmoqda.


