Andijonda yoqilg‘i quyish shoxobchasida kam miqdorda benzin berilgani aniqlandi
2026-04-01 14:25:00 / Yangiliklar

Tekshiruv davomida korxonaga qarashli AI-92 markali yoqilg‘i quyish shoxobchasida o‘rnatilgan “Lanfeng Fuel Dispenser” rusumli yoqilg‘i tarqatish ustunchasi orqali berilayotgan yoqilg‘i miqdori belgilangan me’yorlardan kam ekani aniqlangan.
Shuningdek, korxonada foydalanilayotgan 5 dona o‘lchash vositasi metrologik tekshiruvdan o‘tkazilmagani ham ma’lum bo‘ldi.
Aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan korxona rahbariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Ish hujjatlari Jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tuman sudiga yuborilib, korxonaga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanildi.
Bundan tashqari, holat yuzasidan “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida huquqiy baho berish uchun materiallar tegishli nazorat qiluvchi organga yuborildi.

