Xorazmda qurilish uchun mo‘ljallangan quruq qorishma ishlab chiqaruvchi korxonada qonunbuzarliklar aniqlandi
2026-03-02 10:20:00 / Yangiliklar
📍 Xorazm viloyati Shovot tumanida qurilish uchun mo‘ljallangan quruq qorishma (shpatlevka) mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “J.Q” MChJda (nomi o‘zgartirilgan) viloyat inspektorlari tomonidan davlat nazorati tadbiri o‘tkazildi.
✅ Tekshiruv davomida korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot muvofiqligi tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, qonunchilik talablariga zid ravishda muvofiqlik belgisidan foydalanilgani aniqlandi.
📰 Shuningdek, mahsulotlar tegishli tartibda tamg‘alanmagani, davriy sinovlar o‘tkazilmagani, sifat guvohnomasiz realizatsiya qilingani hamda mavjud o‘lchash vositalari qiyoslashdan o‘tkazilmagani ma’lum bo‘ldi.
📰 Qayd etilgan holatlar O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 22 va 27-moddalari, “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunining 28, 42 va 46-moddalari hamda “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonunining 16 va 20-moddalari talablariga zid hisoblanadi.
📚 Aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan korxona rahbariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar sudga yuborildi. Shuningdek, jarima tarzidagi moliyaviy sanksiya qo‘llanilib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha talabnoma kiritildi.

