Obod va ozoda yurt — farovon hayotning poydevori
2026-03-14 11:00:00 / Yangiliklar
13–14 mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. Ushbu an’ana obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda hududlarni tartibli va ko‘rkam holga keltirishga xizmat qiladi.
Shu munosabat bilan Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi va uning hududiy birlashmalarida ham hashar ishlari tashkil etildi.
Hashar davomida bino atrofi va tutash hududlar tozalandi, ko‘cha va yo‘laklar tartibga keltirildi, daraxtlar parvarishlandi, yashil hududlar va gulzorlar obodonlashtirildi.
Shuningdek, yashil maydonlarni asrash, parvarish qilish va kengaytirish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. Bu ekologik muhitni yaxshilash va hududni yanada fayzli maskanga aylantirishga xizmat qiladi.
Tashkilot xodimlari hasharda faol qatnashib, yurt obodligi va farovonligiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Bunday tadbirlar hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlaydi.

