Jizzaxda sifatsiz mahsulotlar savdodan chiqarildi
2026-02-26 11:40:00 / Yangiliklar

Laboratoriya tahlillari natijasida ushbu mahsulotlar belgilangan standart talablariga javob bermasligi aniqladi.
Xususan:
— mahsulot qadoqlarida amaldagi standart belgilari ko‘rsatilmagan, shuningdek sertifikat rasmiylashtirilmagan bo‘lsa-da muvofiqlik belgisi qo‘yilgan;
— saqlash shartlari va qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar mavjud emas;
— sinov natijalariga ko‘ra faol moddalarning massaviy ulushi talab darajasiga mos kelmagan.
Aniqlangan kamchiliklar asosida savdo nuqtalariga ogohlantirish xati berildi hamda mahsulotlarni savdodan chiqarish bo‘yicha taqdimnoma kiritildi.
Shu munosabat bilan fuqarolarga sintetik kukunli yuvish vositalarini xarid qilishda mahsulot sertifikatlanganligi, xavfsizlik talablari va markirovkasiga e’tibor qaratish tavsiya etiladi.
