Texnik jihatdan tartibga solish inspeksiyasida maishiy korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
2026-02-04 17:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda so‘z olgan inspeksiya komplaens nazorati xizmati xodimi I. Hotamov maishiy korrupsiyaning asosiy omillari sifatida iqtisodiy muammolar, byurokratik to‘siqlar hamda huquqiy madaniyatning pastligini qayd etdi.
Seminar davomida 2026-yil 27-yanvar kuni davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda bildirilgan tanqidiy fikrlar va belgilab berilgan vazifalarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, davlat xaridlari, soliq tizimi va davlat mulkini boshqarish sohalarida uchrayotgan korrupsiya holatlari keskin tanqid qilingani ta’kidlandi.
Ishtirokchilar raqamlashtirish, shaffoflikni ta’minlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maishiy korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim omil ekanini qayd etib, belgilangan vazifalarni amaliyotga izchil tatbiq etish zarurligini bildirdilar.
Seminar yakunida mazkur chora-tadbirlar korrupsiyaga qarshi kurashda ta’sirchan mexanizm sifatida baholandi.


