Ona tiliga ehtirom — millatga ehtirom
2026-10-12 16:05:00 / Yangiliklar

Mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — davlat tiliga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada oshirish, xodimlarning savodxonligini mustahkamlash hamda zamonaviy ish jarayonida kompyuterdan foydalanishga odatlanib qolgan xodimlarda qo‘lda yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Bugungi raqamli davrda ko‘plab hujjatlar elektron shaklda tayyorlanib, ish yuritish jarayonlari asosan kompyuter orqali amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, savodli yozish, imlo qoidalariga rioya qilish va fikrni yozma ravishda aniq ifodalash ko‘nikmalari ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi.
Diktant tanlovi xodimlarning yozma savodxonligini sinovdan o‘tkazish bilan birga, davlat tili meyorlariga amal qilish va o‘zbek tilining nufuzini oshirishga qaratilgan muhim tashabbus bo‘ldi.


