U.Usmonovdan olingan doping sinamasida sportda taqiqlangan modda aniqlangani yuzasidan rasmiy ma’lumot
2026-10-06 10:35:00 / Yangiliklar
Yaponiyada bo‘lib o‘tgan yozgi Osiyo o‘yinlari doirasida Xalqaro testlash agentligi (ITA) tomonidan o‘zbekistonlik sportchidan olingan doping sinamasida sportda taqiqlangan modda aniqlangani yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Regbi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sportchisi Umar Usmonovdan musobaqadan tashqari davrda olingan doping sinamasida Taqiqlangan moddalar va usullar ro‘yxatining S1 — Anabolik moddalar guruhiga mansub drostanolon metaboliti — 3α-gidroksi-2α-metil-5α-androstan-17-on aniqlangan. Ushbu modda doimiy ravishda taqiqlangan moddalar toifasiga kiradi. Ayni paytda mazkur holat bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Yakuniy qaror qabul qilingach, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan rasmiy bayonot beriladi.
