Samarqandda 350 dan ortiq sportchi antidoping taʼlim sertifikatiga ega bo‘ldi
2026-09-17 11:30:00 / Yangiliklar

Samarqand olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda sportning yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablarida o‘tkazilgan tadbirlarda o‘quvchilar talim-uznada.uz elektron taʼlim platformasidagi kurslarni mustaqil o‘zlashtirish va yakuniy sertifikatni qo‘lga kiritish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Samarqand viloyatida tashkil etilgan mazkur seminar-treninglar doirasida 350 dan ortiq sportchi antidoping taʼlim kurslarini muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatga ega bo‘ldi. Mazkur sertifikat sportchilarga O‘zbekiston chempionatlari va kubogi musobaqalarida ishtirok etish huquqini beradi.
Bu kabi taʼlim tadbirlari yosh sportchilarning antidoping savodxonligini oshirish, halol raqobat tamoyillarini mustahkamlash va toza sport muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
