Samarqand viloyatida antidoping seminar-treninglari o‘tkazilmoqda
2026-09-14 16:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan sportchilar, murabbiylar va sport sohasida faoliyat yurituvchi masʼul xodimlarning antidoping sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida respublika hududlarida seminar-treninglar muntazam tashkil etib kelinmoqda. Navbatdagi tadbirlar Samarqand viloyatidagi sport taʼlim muassasalarida o‘tkazilmoqda.
Jumladan, dastlabki seminar Samarqand olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida sportchilar, murabbiylar va masʼul xodimlar ishtirokida tashkil etildi.Tadbir davomida ishtirokchilarga talim-uznada.uz elektron taʼlim platformasining imkoniyatlari va undan samarali foydalanish tartibi batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, antidoping sohasidagi bilimlarni mustaqil ravishda oshirish, o‘quv modullarini bosqichma-bosqich o‘zlashtirish hamda yakuniy sertifikatni qo‘lga kiritish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.









