A.Sadikov ishtirokida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi
2026-08-27 14:50:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Ushbu tadbir sport sohasi vakillari va fuqarolar uchun ochiq muloqot maydoni sifatida tashkil etilib, unda fuqarolar, sport ta’lim muassasalari murabbiylari, sport shifokorlari hamda yo‘riqchi-uslubchilar faol ishtirok etdilar.
Qabul davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiynayotgan savollar bilan murojaat qildilar, sportchilar salomatligi, ta’lim jarayonida antidoping targ‘iboti, sog‘lom muhitni ta’minlash va huquqiy masalalar yuzasidan fikrlar bildirildi.
Milliy antidoping agentligi direktori tomonidan murojaatlar tinglanib, tegishli huquqiy va amaliy tavsiyalar berildi, sport sohasi vakillariga yordam ko‘rsatish hamda antidoping siyosatini yanada samarali amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Mazkur sayyor qabul sport sohasi vakillari va fuqarolar uchun muhim muloqot maydoniga aylanib, sportchilar salomatligini himoya qilish, sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash va O‘zbekistonda antidoping siyosatini kuchaytirishga xizmat qiluvchi muhim qadam bo‘ldi.








