Aichi-Nagoya–2026: velosportchilar uchun profilaktik seminar tashkil etildi
2026-08-25 16:45:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan velosport federatsiyasi sportchilari uchun Osiyo o‘yinlari oldidan seminar tashkil etildi.

Seminar davomida sportchilarning huquq va majburiyatlari, doping nazorati jarayoni, taqiqlangan moddalar va usullar, shuningdek, dori vositalaridan qonuniy foydalanishda ehtiyotkorlik masalalariga alohida e‘tibor qaratildi. Ayniqsa, musobaqalar oldidan har qanday preparatni qabul qilishdan avval uning antidoping talablari nuqtayi nazaridan xavfsizligini aniqlash zarurligi qayd etildi.
Bunday seminarlar sportchilarning antidoping savodxonligini oshirish, qoidabuzarliklarning oldini olish va xalqaro maydonlarda mamlakatimiz sharafini halol raqobat asosida munosib himoya qilishga xizmat qiladi.


