Hurmatli yurtdoshlar va sport jamoatchiligi vakillari!
2026-09-01 07:15:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Toza sport, halol raqobat va sportchilar salomatligini asrash muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi sport jamoatchiligi bilan hamkorlikda ana shu qadriyatlarni mustahkamlash, sportda adolat va halollik tamoyillarini qaror toptirish yo‘lidagi faoliyatini izchil davom ettirmoqda.
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu g‘oya barchamizni Vatanimiz taraqqiyoti va yorug‘ kelajagi yo‘lida yanada birlashtirsin.
Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz tinch va osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Sadikov Abdushukur Abdujamilovich
O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi direktori
