Og‘ir atletikachilarga toza sport tamoyillari tushuntirildi
2026-08-18 16:45:00 / Yangiliklar
Sportda, ayniqsa og‘ir atletika sport turida har bir kilogram, har bir harakat va har bir natija ortida katta mehnat mujassam.

Biroq sportda haqiqiy g‘alaba faqat kuch bilan emas, halol raqobat va qoidalarga qatʼiy rioya qilish bilan ham belgilanadi.
Shu maqsadda Aichi-Nagoya–2026 Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari uchun dopingga qarshi kurash bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda sportchilarga taqiqlangan moddalar va usullar, doping nazorati jarayoni, taqiqlangan dori vositalaridan qonuniy foydalanish hamda sportchilarning huquq va majburiyatlari yuzasidan muhim tushuntirishlar berildi.




