Xalqaro tajriba va milliy salohiyat: dopingga qarshi kurash sohasida yangi imkoniyatlarga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi
2026-08-08 14:10:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi o‘z faoliyatida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga, sportchilarimiz va mutaxassislarning bilimini oshirishga alohida eʼtibor qaratib keladi hamda muntazam ravishda amaliy seminarlar tashkil etib keladi. Navbatdagi nufuzli tadbir Sport vazirligi, Milliy antidoping agentligi, Xalqaro testlash agentligi hamda O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasining o‘zaro hamkorligida tashkil etildi. Bu kabi qo‘shma tashabbuslar mamlakatimizda antidoping madaniyatini yuksaltirish va xalqaro standartlarni joriy etish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamdir.
Navbatdagi xalqaro antidoping seminari Xalqaro testlash agentligi (ITA) eksperti Riley MasGovn hamda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari ishtirokida o‘tkaziladi.
Xalqaro va mahalliy ekspertlarning birgalikdagi taqdimotlari ishtirokchilarga sohadagi eng so‘nggi yangiliklar va talablar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri maʼlumot olish imkonini berdi. Tadbir davomida ishtirokchilar sport olamidagi eng muhim qoidalar va tartib-qoidalar bilan yaqindan tanishdilar. Dastur doirasida antidoping qoidalari va ularning talablari, doping-nazorati jarayonining shaffof va to‘g‘ri tashkil etilish tartibi, sportchilarning huquq va masʼuliyatlari, taqiqlangan moddalar va usullar ro‘yxati bilan ishlash hamda terapevtik maqsadlarda foydalanish uchun ruxsatnoma olish tartibi kabi dolzarb mavzularda muhim maʼruzalar o‘qilib, amaliy tavsiyalar beriladi.
Doping bu nafaqat sportchining salomatligiga jiddiy zarar, balki uning butun bir sportdagi faoliyatiga qo‘yilgan qora dog‘dir, shuning uchun ham har bir sportchi, murabbiy va mutaxassis bu borada mukammal bilimga ega bo‘lishi shart.









