Nishonda aniqlik, qarorda masʼuliyat: o‘q otish sportchilari uchun seminar o‘tkazildi
2026-08-05 16:15:00 / Yangiliklar
Agentlik tomonidan Aichi-Nagoya – 2026 Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘q otish bo‘yicha terma jamoa sportchilari va murabbiylari ishtirokida navbatdagi dopingga qarshi kurash bo‘yicha profilaktik seminar tashkil etildi.

Yuqori diqqat, ruhiy barqarorlik va aniqlikni talab qiluvchi ushbu sport turida sportchining har bir qarori musobaqa natijasiga taʼsir ko‘rsatishi kabi, dori vositalaridan foydalanishdagi har bir tanlov ham uning sport faoliyati uchun muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Seminar davomida sportchilarga WADA Kodeksidagi so‘nggi o‘zgarishlar, sportchilarning huquq va majburiyatlari, tibbiy zarurat yuzaga kelganda taqiqlangan dori vositalaridan qonunchilikda belgilangan tartib asosida foydalanish, yani terapevtik istisno (TI) olish tartibi haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.





