Kuch, intizom va toza sport: regbichilar bilan seminar tashkil etildi
2026-08-04 15:40:00 / Yangiliklar

Agentlik tomonidan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan regbi bo‘yicha terma jamoa sportchilari va murabbiylari ishtirokida navbatdagi profilaktik antidoping seminari tashkil etildi. Unda sportchilarga Butunjahon antidoping kodeksi talablari, doping nazorati jarayoni, taqiqlangan moddalar va usullar, shuningdek, dori vositalaridan qonuniy foydalanish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
Seminar davomida regbi kabi yuqori jismoniy tayyorgarlik va chidamlilikni talab qiluvchi sport turida sog‘liqni asrash, antidoping qoidalariga qat’iy rioya qilish hamda xalqaro musobaqalarga mas’uliyat bilan tayyorgarlik ko‘rishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.




