Osiyo o‘yinlari oldidan dopinga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
2026-07-07 18:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilda o‘tkaziladigan Aichi–Nagoya 2026 yozgi Osiyo o‘yinlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish hamda O‘yinlarni dopingdan holi sport tamoyillari asosida tashkil etishga ko‘maklashish maqsadida Osiyo Olimpiya Kengashi hamda Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping tashkiloti (RADOCA)ga a’zo davlatlar milliy antidoping tashkilotlari vakillari ishtirokida onlayn yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi kutilayotgan sportchilarning antidoping sohasidagi bilim va xabardorligini yanada oshirish maqsadida ular uchun maxsus ta’lim seminarlarini tashkil etish, shuningdek, xavfga asoslangan maqsadli doping nazorati testlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, musobaqa oldidan antidoping dasturlarini tizimli, samarali va o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirish, ishtirokchi davlatlar o‘rtasida tajriba almashish hamda hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.
