Kitob — tafakkurni boyituvchi eng yaqin hamroh
2026-07-07 15:20:00 / Yangiliklar

Kitob insonni yangi g‘oyalar, teran fikr va yuksak maqsadlar sari yetaklaydigan maʼnaviy xazinadir. Mutolaaga bo‘lgan mehrni yana-da oshirish, xodimlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi xodimlari o‘rtasida “Eng faol kitobxon xodim” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda faol ishtirok etib, yuqori natija ko‘rsatgan kitobsevar xodimlar g‘olib deb topilib, munosib taqdirlandi.
Mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tashabbus jamoada kitobxonlik muhitini yana-da mustahkamlash, mutolaani kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirish hamda bilim va tajriba almashish madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.






