Agentlikda ijro-intizomi masalalari tahlil qilindi
2026-06-25 17:10:00 / Yangiliklar

O'zbekiston Milliy antidoping agentligida ijro intizomi holati masalalari bo'yicha yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig'ilishda sohani rivojlantirishga doir qator topshiriqlar ijrosi ko‘rib chiqildi.
Yig'ilishda Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalar, fuqarolar murojaatlariga oʻz vaqtida javob qaytarish, topshiriqlarni belgilangan muddatda bajarish, mas'ullarning hamkorligini hamda har bir topshiriqni bajarishda mas'uliyatni yanada oshirish lozimligi ta'kidlandi.
